Tarkibida E- moddalarini uz ichiga olgan eguliklar xakida anik javob chikdimi
Assalomu alaykum muxtaram Ustoz. Sizga E-322 moddasi xususida berilgan savolga javobingizni ukiganmiz. Unga kura sizning "[u]islom fiqhi akademiyalari, tibbiy ilmlar bo‘yicha islom tashkiloti ulamolari va bugungi kunimizda ko‘zga ko‘ringan faqihlarining majlislar o‘tkazib, maslahat va chuqur tahlil qilib o‘rganib chiqqandan keyingi xulosalarini sizlarga etkazishga harakat qilamiz.[/u]" degan javobni ukigan edik.Men bu javobni olgunga kadar uzim xam juda kup izlanishlar kildim. Jumladan bu E-... moddalarini xalol-xarom deb aytish uchun uning asli nimadan olinganini aniklash lozim ekan. Masalan E-322 antioksidantlar guruxiga kirib E-322 letsitin moddasidir. Litsitin asosan tuxum va jigar gushtining yogga boy moddalari, yongok, danakli usimliklarning danaklaridan olinar ekan. Bundan natija biz buni anik bir javob kilib aytishimiz juda kiyin bulib kolmokda. Demak biz shubxa bilan karyotgan taomlarimiz shubxaligicha kolaveradimi..?Aynan E-... moddalari xususida kuprok ma’lumot kelgan saxifaning adresini birodarlar uchun yozib utaman. https://prodobavki.’om
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz aytgan narsalarning barchasi - tuxum va jigar gushtining yogga boy moddalari, yongok, danakli usimliklarning danaklari – halol narsalarku yana nimasi shubha bo‘ladi?
29 Aprel 2022, 09:14 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom