Taloqda shubha

Assalomu alaykum! 1). Er xotin o‘zaro telegramda janjallashib qoldik. Ayolim siz menga mehr bermaysiz, u-bu narsalar olib kelmaysiz deb aytdi. Men: mehr deganda sen faqat u-bu narsa ko‘tarib kelishni tushunar ekansan, boshqa narsalarni ko‘rmas ekansan dedim. Ayolim shu gapni ilova qilib: qo‘ysangizchi endi dedi (ya’ni shu gaplarni qo‘ysangizchi dedi) Men: qo‘ydim dedim (So‘kish manosida bir narsamni qo‘ydim degandek. taloq manosida yoki javobini berish mnosida emas) va shu zahoti u o‘qimasdan o‘chirib tashladim. shu vaziyatda taloq tushadimi. 2) Taloq niyatga bog‘liqligini bilaman. Ammo ichimdan yomon hayollar ketmayapti. Ya’ni ayolim bilan oramizga taloq tushib qoldi, endi nima bo‘ladi, endi zino qilib qo‘ymayapmanmi, tug‘iladigan farzandlarim zino bilan tug‘iladimi degan yomon hayollar meni qiynamoqda. Garchi taloq niyatida aytmagan bo‘lsam ham. Nima qilay nima maslahat berasizlar. Ayolimni har ko‘rganimda shu hayollar kelaveradi. Ichimda nikoh o‘qitib olishing kerak degan ovozlar kelaveradi. Ayolimning bundan habarim yo‘q. Hozir yarashib olganmiz. Shunday shubhalar ichidaman. Niyatim taloq bo‘lmaganini bilaman. Ammo ichimdan taloq tushib qolgan bo‘lsachi degan fikrlar ovozlar chiqmoqda. Iltimos maslahat bering. 3). Men shubha yo‘qolishi uchun nikoh o‘qitib yuborishim kerakmi. 4) Qo‘ydim deganda taloq tushsa nikoh qanday qayta o‘qiladi. Qoidalari qanday bo‘ladi. Ikki tomondan valiylar bo‘lishi shartmi. Ikki guvoh kelin kuyovni tanishi shartmi. 5) Hozirda o‘zi har xil yomon hayollarga beriladigan bo‘lib qoldim. Namoz o‘qish uchun tahorat qilsam. Taoratdan so‘ng ichimda tahorating mustahkam bo‘lmadi. Endi namozing qabul bo‘lmaydi degan ichimdan ovozlar eshitiladi. Va yana qayta qayta tahorat qiladigan paytlarim ham bo‘ldi. Suvni isrof qilib qo‘ymayapmanmi deb qo‘rqaman. Namoz o‘qiyotganimda namozni ayrim joylarini noto‘gri qilmoqdasan endi namozing qabul bo‘lmaydi degan ovozlar keladi. Va yana shunga o‘xshagan holatlarda tijoratda, ko‘chada yurganimda shunday bo‘ladi. Nima qilsam bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-2-3). Xotiningiz o‘sha gapi bilan taloq so‘ramagan bo‘lsa va siz o‘sha gapdan taloqni niyat qilmagan bo‘lsangiz taloq tushmagan. 4). Oddiy nikohdan farqi yo‘q. Valiylar kerak emas. Guvohlar er va xotinning kimligini bilib olsa va so‘zlarini eshitsa kifoya. 5). Vasvasaga berilmang. Undan qutulishning yagona yo‘li undan yuz o‘girishdir. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar