Ibodat uchun otani aldash
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar savolim g‘alati bo‘lsa ham yozishga qaror qildim. Bir yaqin tanishimning otasi sahr kasali bilan og‘rigan, lekin otasi bu kasali haqida o‘g‘lining habari borligini bilmaydi. Ba’zida kasali bezovta qilib turadi, do‘stim bundan juda qo‘rqadi. Otasiga ko‘p marta nomoz o‘qishingiz kerak deb aytgan ekan, lekin otasi vaqti keladi qariganimda o‘qiyman degan ekan. Do‘stim Alloh umirlarini uzoq qilsin, lekin otamni benomoz holida o‘tib ketishidan qo‘rqaman dedi. Do‘stimning oilasida otasidan boshqa hamma nomoz o‘qiydi. Do‘stim otasiga sizni tushimda ko‘rdim kasal bo‘libsiz, nomoz o‘qishingiz kerak ekan deb aldamoqchi. Shu masalada yordam bersangizlar, do‘stim otasini aldasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqlariga ko‘proq duo qilinglar. Yolg‘on joiz emas, go‘zal axloq bilan to‘g‘risini ayting. Chunki shariatimizda ko‘rmagan tushini ko‘rdim, deyish og‘ir gunoh. TUShI TO‘G‘RISIDA YoLG‘ON GAPIRISh HAQIDA عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «مَنْ تَحَلَّمَ بِحُلُمٍ لَمْ يَرَهُ، كُلِّفَ أَنْ يَعْقِدَ بَيْنَ شَعِيرَتَيْنِ، وَلَنْ يَفْعَلَ، وَمَنِ اسْتَمَعَ إِلَى حَدِيثِ قَوْمٍ وَهُمْ لَهُ كَارِهُونَ أَوْ يَفِرُّونَ مِنْهُ، صُبَّ فِي أُذُنِهِ الْآنُكُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، وَمَنْ صَوَّرَ صُورَةً، عُذِّبِ وَكُلِّفَ أَنْ يَنْفُخَ فِيهَا، وَلَيْسَ بِنَافِخٍ». قَالَ سُفْيَانُ: وَصَلَهُ لَنَا أَيُّوبُ.
عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: «مَنِ اسْتَمَعَ، وَمَنْ تَحَلَّمَ، وَمَنْ صَوَّرَ». نَحْوَهُ. تَابَعَهُ هِشَامٌ عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَوْلَهُ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim ko‘rmagan tushini ko‘rdim desa, unga ikkita qilni bir-biriga bog‘lash yuklatiladi, u esa buni zinhor qila olmaydi. Kim odamlarning gapiga ular istamagan [yoki «undan qochayotganlari»] holda quloq tutsa, qiyomat kuni qulog‘iga qalay quyiladi. Kim surat chizsa, azoblanadi va o‘shanga jon kiritish yuklatiladi. U esa jon kirita olmaydi». ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُما ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مِنْ أَفْرَى الْفِرَى أَنْ يُرِيَ عَيْنَيْهِ مَا لَمْ تَرَ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uydirmalarning eng yomoni – ko‘rmaganini ko‘rdim, deyishdir», dedilar».
Izoh: Bu erda tush ko‘rish nazarda tutilgan. Yolg‘ondan tush to‘qish eng katta yolg‘on va og‘ir gunohdir, chunki bu bevosita Allohga nisbatan yolg‘on to‘qish, U Zotga tuhmat qilishdir. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
3 May 2022, 08:31 | Savol-javoblar | 164 | Islam