Jahannamdagi vodiy
Assalomu alaykum! Ustoz ijtimoiy tarmoqdagi ilmiy kanalda bir narsani o‘qidim yani jahannamda uch vodiy haqida. Jahannamda uchta vodiy bor: 1. G‘oyy vodiysi. Unga namozni qazo qilishga odatlanib, hammasini kechqurun bir qilib o‘qiydiganlar tushadi. 2. Vayl vodiysi. Unga namozlarni kechiktiradiganlar tushadi. 3. Saqar vodiysi. Unga namozni tark qilganlar tushadi. Shu saxixmi? Jahannamda shunday vodiy bormi? Musulmon inson nomoz o‘qib turub ham jahannamga tushishi mumkinmi? Ba’zi bir sabablari bo‘la turub nomoz vaqtidan sal o‘tkazib turub o‘qisachi, lekin qazo qilmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sharti qazo bo‘lmasin. Din faqat namoz emas. Albatta namozsiz qolgan ishlar ham bitmaydi, chunki qiyomat kuni eng birinchi so‘ralinadigan narsa namozdir. Islom dini besh qismga bo‘linadi. Aqiyda, ibodat, muomalot, muasharot va xulq. Namoz shu ibodat qismining bir necha bo‘lagidan biridir. Shuning uchun Alloh taolo “Baqara” surasida quyidagicha marhamat qilgan: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ ادْخُلُواْ فِي السِّلْمِ كَآفَّةً وَلاَ تَتَّبِعُواْ خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ 208. Ey iymon keltirganlar! Islomga to‘lig‘icha kiring va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.
Ma’lumki, «Islom» so‘zi «Allohga bo‘ysunish» ma’nosini bildiradi. Bu holatda oyatning umumiy ma’nosi «Allohga butun borlig‘ingiz ila bo‘ysuning», degani bo‘ladi. Ya’ni Allohga bo‘ysunish to‘laligicha bo‘lsin. Tili bilan bo‘ysunib, dili bilan bo‘ysunmasdan yoki badani bilan bo‘ysunmasdan qolish kerak emas. Xullasi kalom, bo‘ysunish to‘laligicha, hamma tomondan bo‘lishi kerak.
«Islom» so‘zining ma’nolaridan yana biri – «tinchlik»dir. U holda oyatning umumiy ma’nosi «Tinchlikka to‘lig‘icha kiring», degani bo‘ladi. Tinchlikka to‘lig‘icha kirish esa Islomni tatbiq qilish bilan amalga oshadi. Islomda tinchlik inson qalbining tinchligidan boshlanadi. Faqat banda va Parvardigor, borliq va oxirat haqidagi Islom aqiydalarigina har bir inson qalbiga tinchlikni solishi mumkin. So‘ngra qalbdagi bu tinchlik oilaga ko‘chadi. Islom oila tinchligi uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ishga soladi. Oilalardagi tinchlik qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘lar orasiga ko‘chadi. Islomda qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘lar bilan tinch yashashning yo‘l-yo‘riqlari batafsil ko‘rsatib qo‘yilgan. So‘ngra bu tinchlik jamiyatga o‘tadi. Islomda har bir jamiyat o‘zaro tinchlikda yashash uchun nimalar qilishi lozimligi ham belgilab qo‘yilgan. Davlat miqyosida tinch yashashga esa qalb tinch, oila tinch, qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ tinch, jamiyat tinch bo‘lganda erishiladi. Islomda davlat bilan fuqarolar orasidagi tinch-totuvlik asoslari ham, davlatlararo tinch-totuvlik yo‘l-yo‘riqlari ham mukammal yo‘lga qo‘yilgan. Oxiri kelib, Islom ko‘zlagan tinchlikda butun dunyo tinchligiga erishiladi. Unda barcha qalblar tinch, oilalar tinch, qo‘ni-qo‘shnilar tinch, qarindosh-urug‘lar tinch, jamiyatlar tinch, davlatlar tinch, hayvonot, nabotot va butun borliq tinch bo‘ladi, inshaalloh.
«Islom»ning mashhur ma’nolaridan biri Alloh Muhammad alayhissalomga nozil qilgan dindir. Bu holatda oyatning umumiy ma’nosi – «Islom diniga to‘lig‘icha kiring» bo‘ladi. Islom insonning hayotini to‘lig‘icha qamrab olgan dindir. Insonning onadan tug‘ilib, qabrga kirgungacha bo‘lgan davrdagi har bir nafasi va harakati Islomning ixotasi doirasidadir. Islomga to‘lig‘icha kirish oraliq davrda, ya’ni butun hayot davomida butunligicha musulmoncha yashash, demakdir. Insonning tug‘ilishidan tortib, to ozuqalanishi, tarbiyalanishi, voyaga etishi musulmoncha bo‘lishi kerak. Balog‘at yoshiga etganda, din taklif qilgan barcha narsalarga to‘liq amal qilishi lozim. Inson o‘zining shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, siyosiy va yana hayotining boshqa sohalarida Islomga amal qilgandagina, Islom buyurgan hamma narsaga yurib, u qaytargan hamma narsadan qaytgandagina unga to‘liq kirgan bo‘ladi. Shundagina baxt-saodatga erishadi. Bugun xalqimiz orasida ko‘plarimiz nima qilyapmiz? Nomlarimizga, nasl-nasabimizga qaralsa, hamma musulmon. Kimligi surishtirilsa, «Men musulmonman», deydi-yu, ammo o‘zi g‘ayri muslimlarning ishini qilib yuradi. Yana: «Nimaga musulmon bo‘lsak ham, ishimiz yurishmayapti?» – deya noliydi. Dinga, Allohga tuhmat qiladi. Ko‘rayotgan ko‘rgiliklari o‘zi musulmon bo‘la turib, Islomda yashamayotganining oqibati ekanini xayoliga ham keltirmaydi. Holbuki, ayb o‘zida. Boshiga tushgan omadsizliklarni Islomdan ko‘rishga hech bir musulmonning haqqi yo‘q. Islom bir-birini to‘ldirib keluvchi turli ta’limotlar va amallarning majmuasidir. Namoz o‘qib turib, zakotni inkor qilsa bo‘lmaydi. Aqiydani musulmoncha qilib turib, oilada xristiancha yashasa bo‘lmaydi. Hamma-hammasi musulmoncha bo‘lishi kerak.
Oyatning oxiri Islomdan boshqa yo‘lga yurish shaytonning izidan ergashishdan boshqa narsa emasligini va u ochiq dushman ekanini ta’kidlayapti:
«…va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir».
Demak, Islomga to‘laligicha kirilmaganda, shaytonning izidan ergashilgan bo‘lar ekan. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Siz aytgan jahannamlarning har biri Qur’oni karimda zikri kelgan. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 265 | Turli savollar