Erim judayam qo‘pollar
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alhamdulillah 5vaqt namoz boshladim, iloji boricha dinimizdagi barcha amallarga amal qilishga harakat qilaman. Qaniydi qoriya bo‘lsam deb orzu qilaman. Allohga shukur 2 farzandim bor, mening erimning otalari yoshliklarida boshqasiga uylanib shu bilan ularni tashlab ketganlar aka-ukalari yo‘q. Shu sababdanmi erim haddan tashqari qo‘pollar, ayniqsa qarindoshlar ichada menga yomon munosabatdalar. Hamma aytganlari qilib uyda o‘tiraman, ko‘chaga chiqmaysan avratingni berkit desalar hamma aytganlari qilaman, yomon munosabatda bo‘lsalar ustimdan kulsalar ham indamayman, chunki birovni diliga ozor berish gunohligini bildim, lekin o‘zim judayam ezilaman, yig‘layman Allohdan insof so‘rayman. Nima qalay menga ko‘mak beringlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shu holatda davom eting. Faqat yaxshilikni so‘rab duo qiling, eringizni aslo duoibad qilmang. Qilayotgan ishingizni ajri beqiyos bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:02 | Savol-javoblar | 189 | Turli savollar