Qiz bolaga aqiqa qilinmaydimi

Assalomu alaykum! Men turmushga chiqanimga bir necha yillar bo‘ldi, shu orada 2 qizlik bo‘ldim. Farzandlarimga aqiqa o‘rniga qaynam o‘lgan qarindoshlariga maraka qilgan (qizlarim tug‘ilganda). Ovsin oldik, ovsinim o‘g‘il tug‘arkan deb qo‘ylar so‘yildi, aqiqa qilindi. Xozir bo‘lsa xam qo‘y so‘yib aqiqa qilaylik desam, qaynam biz o‘g‘illarimizga qimaganmiz deb unamadi. Bolalarim tinmay kasal bo‘ladi, operatsiya xam qildik. Shunda xam erim tan omidi, yana kasalvant bola tuqqan degan gapni eshitaman. Shu to‘g‘rimi, qiz bolaga aqiqa qilmasyam bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bekorlarni aytishibdi. Qiz bolaga ham bitta qo‘y so‘yib aqiyqa qilinadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:29 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar