Xadisni tushunmadim?

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Qur’on xususida talashib tortishish kufurdir" degan ekanlar. Shunga tushunmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qur’on borasida tortishmanglar, chunki u borasida tortishish kufrdir” deganlar. Yana bir hadisda “Qur’on borasida tortishmanglar, Allohning kalomini ba’zisini ba’zisi bilan yolg‘onga chiqarmanglar” deyilgan. Qur’onning har bir oyati mutavotir xabar bilan sobit bo‘lgan. Kimdim Qur’ondagi oyatni “bu oyat emas” desa kofir bo‘ladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 171 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar