Iymon - Yamanda degan hadis

Assalomu alaykum! Iymon - Yamanda bo‘ladi degan ma’noda hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! أَنَّ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ «الْفَخْرُ وَالْخُيَلَاءُ فِي الْفَدَّادِينَ أَهْلِ الْوَبَرِ، وَالسَّكِينَةُ فِي أَهْلِ الْغَنَمِ، وَالْإِيمَانُ يَمَانٍ، وَالْحِكْمَةُ يَمَانِيَةٌ». سُمِّيَتِ الْيَمَنَ لِأَنَّهَا عَنْ يَمِينِ الْكَعْبَةِ، وَالشَّأْمَ عَنْ يَسَارِ الْكَعْبَةِ، وَالْمَشْأَمَةُ الْمَيْسَرَةُ، وَالْيَدُ الْيُسْرَى الشُّؤْمَى، وَالْجَانِبُ الْأَيْسَرُ الْأَشْأَمُ Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Faxrlanish, o‘ziga bino qo‘yish ko‘chmanchi baqiroqlardadir. Sokinlik esa suruv egalaridadir. Iymon yamaniydir va hikmat yamaniydir», deyayotganlarini eshitdim».
U Ka’baning o‘ng tarafida bo‘lgani uchun «Yaman» deb nomlangan. Shom esa Ka’baning chap tarafidadir. «Al-mash’amatu» – chap taraf deganidir. Chap qo‘l – «ash-shu’maa»dir. Chap tomon – «al-ash’amu»dir.
Izoh: Imom Buxoriy «Yaman» kalimasi aslida «o‘ng» ma’nosidagi «al-yumnu» so‘zidan kelib chiqqanini va buning sababini aytmoqchi. Bu fikrini quvvatlash uchun «Shom» so‘zi «chap» ma’nosini anglatuvchi «ash-shu’mu» so‘zidan yasalganini eslatib, uning o‘zakdoshlarida bu ma’no yanada ravshan aks etganini anglatmoqda. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

6 May 2022, 07:29 | Savol-javoblar | 152 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar