Yangi kitoblar chiqib kolarmikin

BISMILLAXIR ROXMANIR ROXIYM Faziylatli Shayx janoblari Assalomu alaykum! Uzoq muddatli mehnatlaringiz samarasi natijasida "IJTIMOIY ODOBLAR" xamda Qur’on ilmlariga bag‘ishlangan "ULMUL QUR’ON" deb nomlanuvchi kitoblaringiz yozib tugatilganligidan xabar topgan edik. Ko‘pchilik qatori biz xam uzoq vaqtdan beri kutmoqdamiz, nima uchundir nashrga berilmayapti. Bundan tashqari "ZIKR AXLIDAN SO‘RANG" silsilasining 1- va 2-juzlari chiqdi-yu, 3-juzi chiqmay turibdi. Masha shu kitoblaringiz va yana rejalashtirilayotgan boshqa kitoblaringiz haqida bilmoqchi edik. Alloh tabaroka va taolodan Sizga va ahli oilangizga tinchlik, tansixatlik va ikki dunyoda ofiyat ato etishini so‘rayman! Duolaringiz umidi bilan Abu Abduraxmon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- "IJTIMOIY ODOBLAR"larga ruxsat berilgani yo‘q. "ULUMUL QUR’ON"ga yaqinda ruxsat bo‘ldi. "ZIKR AXLIDAN SO‘RANG" silsilasiga harakat bor.

6 May 2022, 07:40 | Savol-javoblar | 153 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar