Imom Abulhasan al-Ash’ariy haqlarida

Assalomu alaykum Shayx hazratlari.Alloh sizdan rozi bo‘lsin!Hazrat "Aqoid ilmi va unga bog‘liq masalalar" kitobingizning 40-betida Imom Abulhasan al-Ash’ariy rohmatullohi alayhining "Risolatun ila ahlis-sag‘r" nomli kitoblari haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan ekan:"Imom Abulhasan Ali ibn Ismoil al-Ash’ariy rahmatullohi alayhi mo‘’taziliylarga ma’lum bir masalalarda raddiya qiladilar va o‘zlarining imom Ahmad mazhabida ekanlarini bayon qiladilar."Hazrat yuqoridagi ma’lumotda kelgan "o‘zlarining imom Ahmad mazhabida ekanlarini bayon qiladilar" jumlasida imom Abulhasan al-Ash’ariyning fiqhiy yo‘nalish bo‘yicha imom Ahmadning mazhablarida deb emas, balki bu erda mazhab so‘zi yo‘l ma’nosida ishlatilib "o‘zlarining imom Ahmadning yo‘lida ekanlarini bayon qiladilar" deyilmoqchimi yoki imom Abulhasan al-Ash’ariyni imom Ahmadning fiqhiy mazhablarida deyilmoqchimi?Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Birinchi gapda mazhabning hammasi emas, zikr qilinayotgan masala bo‘yicha.

5 May 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar