Al Hikam ul Atoiyya sharhi (2)

Assalomu aleykum shayh hazratlari. Al Hikam ul Atoiyya sharhi (2) “Alloh ta’olo seni sabablar olamida turg‘azib qo‘ygan paytda sening tajridni ixtiyor qilishing, bu nafsning maxfiy istaklaridandir. Alloh ta’olo seni tajrid holatida turg‘azib qo‘yganda esa, sabablarni ixtiyor qilishing oliy himmatlikdan pastga tushishingdir” Shu sharhni o’qiganimda ozmi ko’pmi tushundim. Bilsangiz man do’konda ishlayman. Biz hozir yangi joyga ko’chib o’tdik. Hali yangi joy bo’lgani uchun savdo uncha ham yahshi emas. Deyarli peshindan keyin soat to 4-5 gacha hich kim kirmaydi. Shu paytda yarim soat bo’lsa ham do’konni yopib ibodat bilan (qazo namozlarni o’qish) shug‘ullansam bo’ladimi? Yoki Alloh taolo mani sabablar olamida turg‘azib qo’ygani uchun tajridni ihtiyor qilmasdan, do’konni yopmasdan savdoda o’tiraveraymi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Holatga qarang.

6 May 2022, 08:02 | Savol-javoblar | 169 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar