Etim haqqi

Assalomu alaykum, muhtaram Shayx Hazratlari.Sizga quyidagi masalada savol bermoqchi edim.Ma’lumki, inson vafot etganidan so‘ng bizda (masalan, Toshkent shahrida) marhumning ruhiga ehson dasturxoni yoziladi va osh tortiladi. Kuzatishimcha, ko‘pgina yoshi kattaroq (aytaylik, hayotni ko‘rgan) insonlar laganda oshni oxirigacha emay qoldirib qo‘yishadi. Buning sababi bilan qiziqqanimda, odamlar buni "marhumning etim qolgan farzandlari haqqi" degan ma’noda taomni qoldirib qo‘yish, deb aytishgandi.Savolim quyidagicha:Shunday amal sha’riatimizda ko‘zda tutilganmi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Behuda gap.

6 May 2022, 08:02 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar