Pulim nisobga etmagan

Assalamu alaykum! Jamg‘arib qo‘ygan pulim 4 699 000 so‘m ekan. Bu pul zakot nisobiga etmaydi. Lekin mana shu Ramazon oyi savob umidida pulimdan bir qismini bermoqchi edim. Qanday yo‘l tutay? Endi fitr sadaqa berishim kerakmi? Va pulimning qancha miqdorini beraman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu mablag‘ egasiga zakot vojib emas. Agar asliy hojatidan oshiqcha mol-mulkining qiymati nisob miqdoriga etsa fitr sadaqasi berishi vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:16 | Savol-javoblar | 134 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar