Musofirning duosi
Asslomu alaykum! Aziz Ustozlar, musofirning duosi ijobat deyilganni eshitiganman. Men bunga shubxada qaramoqchi emasman, shuni mukammal o‘rganib chiqish maqsadida shu haqida hadis borligini bilmoqchi edim. Savolim noo‘rin bo‘lgan bo‘lsa uzr so‘rayman, oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: ثَلَاثُ دَعَوَاتٍ مُسْتَجَابَاتٌ لَا شَكَّ فِيهِنَّ: دَعْوَةُ الْوَالِدِ، وَدَعْوَةُ الْمُسَافِرِ، وَدَعْوَةُ الْمَظْلُومِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollAllohu alayhi vasallam: «Uch duo mustajobdir. Ularda shak yo‘q. Ota-onaning duosi, musofirning duosi va mazlumning duosi», dedilar». Abu Dovud, Ahmad va Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Demak, ushbu uch toifaning yaxshi duosini olishga va yomon duosidan qo‘rqishga o‘tish kerak. Ota-onaning duosini olib, qarg‘ishidan ehtiyot bo‘lish har bir farzand uchun o‘ta muhimdir. Bu ma’no boshqa joylarda batafsil bayon qilingan. Musofir odam ham o‘zining safardagi holati ila Alloh taologa yaqin bir vaziyatga o‘tib qoladi. Shuning uchun uning duosi ham qabul bo‘ladi. Mazlum odam zulm tufayli Alloh taologa iltijosi kuchayib, duosi maqbul bo‘ladigan bo‘lib qoladi. (“Hads va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 11:59 | Savol-javoblar | 196 | Hadislar