Ota-ona qarshi bo‘lishsa
Assalomu alaykum! Yoshim 18 da. InshaAlloh namoz o‘qish niyatidaman va shu xafta nasib qilsa o‘qishni boshlayman, suralarni yod olganman. Lekin bizning oila rus tarbiya bo‘lganliktan yani buvim, dadam rus sinfta o‘qigan. Namoz o‘qishimga oldin qarshi edilar Xudoga shukur Alloh qudrati cheksiz menga yordam berdi ota onamni ko‘ndirdim. Uyimizda xech kimda uzun ko‘ylakda yurmidi lekin buvimga aytsam xatto namoz o‘qishda xammoyoq yopiq bo‘lishi kerak uzun ko‘ylak olay boshimga ro‘mol olay desam "nima, o‘ronmoqchimisan, yo‘q, tinchinga yur" deydi. Men ularga xafa bo‘lib qolaman, shunchallik qarshi bo‘lganiga, namoz o‘qiganimda xam faqat bomdod nomozini o‘qiysan deya shart qo‘ydilar. Lekin InshaAlloh besh vaqt namozni albatta o‘qiyman. Buvimlar ertaga erga tegishing bor u narsa erinnga bog‘lik deya koyiyverishadi. Lekin ishonchim komil bo‘lajak yorim xam o‘zimdek bolur. Qanday yo‘l tutay, nima qilay, maslaxat bering
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tez namozni boshlang. Suralarni yodlab olishim kerak deb cho‘zmang. Fotiha va yana bitta sura namoz o‘qishingizga kifoya qiladi. Duolarni ham bilganingizni o‘qib, namozni ado qiling. Qolgan sura va duolarni iloji boricha tez yodlashga harakat qiling. Namoz o‘qishingiz uchun biror kishining ruxsati shart emas. Ulardan so‘rayvermay, sekin namozingizni o‘qib olavering. Ular bilan bahslashmang. Sizning gapingizdan o‘zingiz hali o‘ranmaganga o‘xshaysiz. Nomahramlarning oldida o‘ranib, avratini to‘sib yurish ham namoz kabi farz amal hisoblanadi. Shuning uchun hijob deb maxsus qora yoki boshqa rangli maxsus tikilgan kiyim bo‘lmasa ham avratlaringizni to‘sadigan kiyim kiying. Kiyimda ikki shart bo‘ladi. Biri ichi ko‘rinadigan darajada shaffof bo‘lmasligi, ikkinchisi a’zolarni bo‘rtib ko‘rinadigan darajada tor bo‘lmasligi kerak. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 08:04 | Savol-javoblar | 149 | Ruhiy tarbiya