Pag‘ambarimiz buyumlari muborak emasmi

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak qilichlari, uzuklari, sallalari va sochlari, oyoq kiyimlari haqida bazi insonlar bular muborak emas idam oldirilgan qurol muborak yoki muqaddas bo‘lmaydi deyishayapti. Men bir muslima sifatida qanday javob berishim to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sochlarini sahobalar qanchalar ehtirom qilganlari to‘g‘risida bir necha hadislar bor. O‘shalarni o‘qib o‘rganib olmaganimiz uchun ular bizni ahmoq qilishga urinishmoqda. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَمَّا حَلَقَ رَأْسَهُ كَانَ أَبُو طَلْحَةَ أَوَّلَ مَنْ أَخَذَ مِنْ شَعَرِهِ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sochlarini qirdirganlarida u zotning sochlaridan olgan birinchi kishi Abu Talha bo‘ldi». ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy").
Sahihul Muslimda quyidagicha keladi:مَوْلَى أَسْمَاءَ بِنْتِ أَبِي بَكْرٍ، وَكَانَ خَالَ وَلَدِ عَطَاءٍ، قَالَ: أَرْسَلَتْنِي أَسْمَاءُ إِلَى عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ، فَقَالَتْ: بَلَغَنِي أَنَّكَ تُحَرِّمُ أَشْيَاءَ ثَلَاثَةً: الْعَلَمَ فِي الثَّوْبِ، وَمِيثَرَةَ الْأُرْجُوَانِ، وَصَوْمَ رَجَبٍ كُلِّهِ، فَقَالَ لِي عَبْدُ اللهِ: أَمَّا مَا ذَكَرْتَ مِنْ رَجَبٍ فَكَيْفَ بِمَنْ يَصُومُ الْأَبَدَ؟ وَأَمَّا مَا ذَكَرْتَ مِنَ الْعَلَمِ فِي الثَّوْبِ، فَإِنِّي سَمِعْتُ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ يَقُولُ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «إِنَّمَا يَلْبَسُ الْحَرِيرَ مَنْ لَا خَلَاقَ لَهُ»، فَخِفْتُ أَنْ يَكُونَ الْعَلَمُ مِنْهُ، وَأَمَّا مِيثَرَةُ الْأُرْجُوَانِ، فَهَذِهِ مِيثَرَةُ عَبْدِ اللهِ، فَإِذَا هِيَ أُرْجُوَانٌ، فَرَجَعْتُ إِلَى أَسْمَاءَ فَخَبَّرْتُهَا، فَقَالَتْ: هَذِهِ جُبَّةُ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَأَخْرَجَتْ إِلَيَّ جُبَّةَ طَيَالِسَةٍ كِسْرَوَانِيَّةٍ لَهَا لِبْنَةُ دِيبَاجٍ، وَفَرْجَيْهَا مَكْفُوفَيْنِ بِالدِّيبَاجِ، فَقَالَتْ: هَذِهِ كَانَتْ عِنْدَ عَائِشَةَ حَتَّى قُبِضَتْ، فَلَمَّا قُبِضَتْ قَبَضْتُهَا، وَكَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَلْبَسُهَا، فَنَحْنُ نَغْسِلُهَا لِلْمَرْضَى يُسْتَشْفَى بِهَا Asmo bint Abu Bakrning mavlosi Abdullohdan – u Atoning o‘g‘lining tog‘asi edi – rivoyat qilinadi:
«Asmo meni Abdulloh ibn Umarning oldiga yuborib, «Eshitishimcha, sen uch narsani: kiyimdagi belgini, Urjuvonning miysarasini* va rajab oyining hammasida ro‘za tutishni harom qilar ekansan», deyishni buyurdi. Abdulloh menga shunday dedi: «Rajab haqida aytganingga javob shuki, abadiy ro‘za tutuvchi odam (bu gapni aytishi) qanday bo‘ladi? Kiyimdagi belgi haqida aytganingga javob shuki, men Umar ibn Xattobning «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Ipakni nasibasi yo‘q odamgina kiyadi», deganlarini eshitdim», deganini eshitganman. Belgi ham undan (ipakdan) bo‘lib qolishidan qo‘rqdim. Urjuvonning miysarasi esa mana shu Abdullohning miysarasidir».
Qarasam, u Urjuvon ekan. Men Asmoning oldiga qaytib borib, unga bor gapni aytgan edim, shunday dedi: «Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning to‘nlari» deb, menga Kisroning yashil to‘nini olib chiqib berdi. Uning yoqasi debojdan edi. Ochiq joylarining chetiga ham deboj qilingan edi. U: «Bu Oishaning qabz qilinguncha unikida bo‘ldi. U qabz qilingach, uni men oldim. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni kiyar edilar. Biz esa uni bemorlarga yuvib berar edik, ular undan qolgan suv bilan shifo topar edilar».
 
* Miysara – ulov ustiga yopiladigan ipak to‘shama. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 10:04 | Savol-javoblar | 163 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar