Habar berish
Hurmatli Shayx hazratlari!Vaqtingizni ayamay savollarimizga javob berayotganingiz uchun Alloh taolo Sizni ikki dunyo saodatiga musharraf qilsin!Savol shuki, bir necha yil 3 taloq masalasi bo‘lib o‘tgan. Oldin imomga, keyin uning maslahati bilan diniy idoraga borilib dam olish kuni bo‘lgani uchun shu idora qorovulidan so‘ralib fatvo bo‘limi hodimi (yoki rahbari)ga uchrashilgan. U kishi hanafiy mazhabining bir kitobidan bir lafz bilan aytilgan 3 taloq 1 taga o‘tishini aytib nikoh o‘qigan. Shu bilan oilaviy yashash davom etib yana farzandlar dunyoga kelgan. Lekin keyinchalik ma‘lum bo‘ldiki bu erda 3 taloq tushgan, yani oqib o‘rganishlardan chiqqan hulosa. Endi shu odam hozir chet el safarida yuribdi. Oilasiga bu haqda aytishi lozimmi yoki qaytgandan keyin aytishi kerakmi. Chunki bir tomondan bu odam ko‘p yillar horijda yuradi va buni aytmasa oilasini ma‘lum vaqt baxtli yurishini ko‘rish mumkin. Ikkinchi tomondan baribir haqiqat aytilsa, bu yillar davomida uning umriga zomin bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Aytsa farzandlar yig‘isi, aytmasa baribir aytilishi bor. Nima maslahat berasiz. Shariatda biror ko‘rsatma bormi shu haqida?Javobingiz uchun oldindan ming tashakkur. Alloh taolodan Sizga uzoq umr, sihat salomatlik tilab qolaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buni jonli suhbatda ko‘riladi.
6 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buni jonli suhbatda ko‘riladi.
6 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush