Bug‘doy qabul qilishda xizmat haqi
Assalomu alaykum! Biz fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanamiz. Davlat buyurtmasiga shartnoma asosida katta miqdorda bug‘doy etkazib beramiz. Bug‘doy etkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga asosan bizni er maydonlarimizdan etishtirilgan xosilni davlat omborlarigacha tashish xarajatlari don qabul qilish shaxobchalari tomonidan qoplanishi ko‘rsatilgan. Buning uchun avtotransport xizmati ko‘rsatadigan xususiy firmalar tomonidan ko‘chadagi xususiy katta yuk mashinalarini jalb qilgan xolda, yoqilg‘isini ta’minlab, don tashish uchun bizga yuboriladi. Bug‘doy ko‘pchilikning rizqi bo‘lganligi uchun u pishgan mavsumda barcha yuk mashinalari don tashish uchun jalb qilinadi. Bizga ma’lum bo‘lishicha yuk mashinalariga o‘rtadagi firmalar tomonidan xizmat xaqqi uchun pul berilmas ekan. Yuk mashina xaydovchilari xizmati uchun bizdan bug‘doy so‘rashadi. Bizda esa ko‘pincha ishchilardan ortmaydi. Bermasak xafa bo‘lishadi, og‘rinishadi. Qanday yo‘l tutsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shartnomada kimdan olish kerak deyilgan bo‘lsa o‘sha joydan olinadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:10 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shartnomada kimdan olish kerak deyilgan bo‘lsa o‘sha joydan olinadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:10 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar