"Mus’hafi Usmon"
Assalomu alaykum muxtaram Shayx xazratlari! Yaqinda bir tarixiy kitobda "1989-yil 14-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan umumiy Musulmonlar to‘rtinchi qurultoyida O‘zbekiston hukumatining qarori bilan Mus‘hafi Usmon musulmonlar ixtiyoriga qaytarib berilganligi xaqida" malumot o‘qigandim. Adashmasam o‘sha paytlarda siz O‘rta osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idora raisi bo‘lib ishlardingiz. Xazrat Mus‘hafi Usmon yana musulmonlarga qaytarilishida sizni sayi xarakatlariz b.n amalga oshganmidi? Yani bu ulug ish sizning boshchiligizda bulganmidi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh nasib qilib o‘sha paytda Mushafi sharifni musulmonlarga qaytishiga kamina va o‘sha paytdagi xayrixoh kishilar sabab bo‘lganmiz. O‘shanda Buxorodagi “Masjidi kalon”, “Bohouddiyn naqshband”, “Ko‘kaldosh” va yana bir majmu’a ham qaytarib berilgan edi. Undan keyin yana ko‘pgina yaxshiliklar nasib etgan.
6 May 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 164 | Qur’oni karim