Fiqx bobida

Assalomu alaykum! Bilamizki inson uxlaganida qo‘li qaerda tunanganini bilmedi. Misol uchun avratlarga tegishi mumkun. Savolim shuki insonni zakariga qo‘li tegsa ixtyoriy yoki ixtiyorsiz o‘sha vaqti qo‘lini yuvishdan oldin qo‘li kiyimiga yoki boshqa joylarga yotoq joyiga va x.k o‘sha qo‘li tekkan kiyim va joylar nopok xisoblanadimi yoki pokmi ularni yuvish joizmi? O‘sha kiyim bilan namoz o‘qigan bo‘lsachi umuman olganda qaysi xollarda pok xisoblanadi qaysi xollarda nopok.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uyqudan turgandan so‘ng qo‘lda, badanda yoki kiyimda najosat asari ko‘rinmasa u pok hukmida bo‘lib, uni yuvish vojib emas. Faqatgina hadisi sharifdagi ko‘rsatmaga muvofiq uyqudan turgandan so‘ng tahorat qilishdan oldin qo‘lni yuvib olish sunnatdir.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَإِذَا اسْتَيْقَظَ أَحَدُكُمْ مِنْ نَوْمِهِ فَلَا يُدْخِلْ يَدَهُ فِي الْإِنَاءِ حَتَّى يَغْسِلَهَا ثَلَاثَ مَرَّاتٍ فَإِنَّ أَحَدَكُمْ لَا يَدْرِي أَيْنَ بَاتَتْ يَدُهُ أَوْ أَيْنَ كَانَتْ تَطُوفُ يَدُهُرَوَاهُ الْخَمْسَةُ.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Birortangiz uyqusidan uyg‘onsa, qo‘lini uch marta yuvmasdan turib, uni idishga solmasin. Chunki hech biringiz qo‘li qaerda tunaganini bilmaysiz yoki qo‘lingiz qaerda aylanganini bilmaysiz»
, dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Tahoratning odoblari haqidagi bob ushbu hadis ila boshlanmoqda. Unda uyqudan turib, tahorat qilmoqchi bo‘lgan odam tahorat qilishdan oldin suvi bor idishni engashtirib yoki birorta kichik idish bilan undagi suvdan olib, uch marta qo‘lini yuvib tashlashi sunnat ekanligi bayon qilinmoqda. Shu bilan birga, bu ish qanday hikmatga binoan joriy qilingani ham bayon etilmoqda. Uyqudagi odam qo‘li qaerlarga borganini, nimalarni ushlaganini idrok eta olmaydi. Ehtimol, nopok narsalarni ushlagan bo‘lishi mumkin. Binobarin, birinchi suvga uriladigan a’zo qo‘l ekanligi va boshqa a’zolarini u bilan yuvadigan bo‘lgani uchun avval qo‘lini yuvib olgani ma’qul. Shu mulohazaga binoan, nafaqat uy¬qudan turgan odamga, balki har bir tahorat qiluvchiga avval qo‘lini uch marta yuvib olishi tavsiya qilinadi.
 Hanafiy mazhabi ulamolari pokligi gumon bo‘lgan narsani uch marta yuvish zarurligini mana shu hadisdan olganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

5 Avgust 2022, 17:13 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar