Yordam bering Xazrat

Assolomu alaykum va rahmatullohu va barakatuh!Xurmatli Shayx Xazratlari! Men sizni juda ham hurmat qilaman.Alloxdan sizga uzoq umr so‘rayman.Yoshim 17 da. Din haqidagi ma‘lumotlarni bilganimga uncha ko‘p bo‘lmadi. Namoz o‘qishni qoidalari o‘rgandim, ammo qiroat bilan o‘qishni bilmayman, Xazrat qiroatni o‘rganib keyin namoz o‘qiymi yoki hozirdan o‘qiyveraymi? Uydagilarim menga qarshi chiqishmoqda oldin institutga kir keyin o‘qiysan deyishyapti, nima qilay iltimos yordam bering.Sizning kitoblaringizni o‘qishga qiziqaman.Aqoid ilmi, Ixtiloflar, Rasulloh (sav) kitoblaringizni o‘qib bo‘ldim. Va juda ko‘p ma‘lumotlarni oldim. Hozir Al-adab al-mufrad kitobiga qilgan sharxingizni o‘qimoqdaman, Ruhiy tarbiya kitobingizni ham oldim Xudo xohlasa bu kitoblarni ham o‘qib bo‘laman.Xazrat menga yordam beringNima qilay, siz aytganinggizni qilaman.Savollarimda kamchilik bo‘lsa kechiring.Boshqa kitoblaringizni ham kutib qolamiz...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tezda namoz o‘qishni boshlang va davom ettiring

6 May 2022, 10:23 | Savol-javoblar | 152 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar