Shariatda mumkinmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, javob uchun oldindan rahmat. Asli Andijonlikmiz erim va bolalarim bilan 1.5 yildan buyon Toshkentda yashayapmiz. Qaynotam telefon qilib ukasining o‘g‘li Toshkentga magistraturaga o‘qishga kirganini va biznikida yashashini aytdi. Men 7 oylik homiladorman, uyimiz 3 xonalik dom, erim juda kech keladi, 2ta yosh bolam bo‘lsa, student bolani yoshi men bilan teng. Axir menga nomahramku, qaynotamga “O‘g‘lingiz unamasa kerak” desam jaxli chiqib telefonni qo‘yib qo‘ydi. Biz erim bilan qanday yo‘l tutaylik, iltimos maslaxat beringlar? U bola uyimizda yashashi shariatga to‘g‘ri keladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikkingiz yolg‘iz qolishingiz shariatga to‘g‘ri kelmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَخْطُبُ يَقُولُ: لَا يَخْلُوَنَّ رَجُلٌ بِامْرَأَةٍ إِلَّا وَمَعَهَا ذُو مَحْرَمٍ، وَلَا تُسَافِرِ الْمَرْأَةُ إِلَّا مَعَ ذِي مَحْرَمٍ، فَقَامَ رَجُلٌ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ امْرَأَتِي خَرَجَتْ حَاجَّةً، وَإِنِّي اكْتُتِبْتُ فِي غَزْوَةِ كَذَا وَكَذَا، قَالَ: انْطَلِقْ، فَحُجَّ مَعَ امْرَأَتِكَ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xutba qilib: «Zinhor er kishi ayol kishi bilan xoli qolmasin. Illo, u ayol bilan mahrami bo‘lsa, mayli. Ayol kishi faqatgina mahrami bilangina safar qilsin», dedilar. Shunda bir kishi turib: «Ey Allohning Rasuli! Mening xotinim hajga chiqdi. Men esam falon g‘azotga yozildim», dedi. «Bor! Xotining bilan birga haj qil», dedilar». To‘rtovlari rivoyat qilganlar.("Hadis va Hayot" kitobidan). Ikkingiz yolg‘iz qoladigan holat bo‘lmasa va doim eringiz bor vaqtda o‘yda bo‘lsa, afzal bo‘lmasada joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:12 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar