Qo‘l telefoni sotish haqida

Alloh qilayotgan ishlarizdan rozi bo‘lsin.Ustoz sizga men qilayotgan ish haqida so‘rash uchun murojat qilayapman.Men bitta domlani maruzalarida bir gapni eshitib qoldim. Domla "bir bozordan olib yana o‘sha bozorga o‘sha narsani sotish harom" dedilar.Bizni ish shundaqa men qo‘l telefoni sotaman bizga odamlar qo‘l tel.ni olib kelishadi. Biz sovdoni kelishib olamizda tel.ni ayiblari bo‘lsa tuzatib bo‘lmasa shunday ustiga foydamizni qo‘yib sotamiz.Domlani gaplaridan kiyin o‘ylanib qoldim.Shunga sizdan so‘rashga qaror qilgandim.Alloh sizdan rozi bo‘lsin iltimos shuni tushuntirib bersangiz men qilayotgan ish halolmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
‎- Sizning ishingiz to‘g‘ri. Domla nimani ‎aytdilar ekan tushunmadim.‎

6 May 2022, 10:23 | Savol-javoblar | 149 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar