Imomlarni yomonlash
Assalomu alaykum! Agar qadrdon do‘stlar davrasidagi suxbatda do‘stlardan biri O‘zbekistondagi 100% xamma imomlar sotqin desa va uning fikrini boshqa yana bir do‘st maqullab: "ha to‘g‘ri, masalan ikkinchi nikohni o‘qitmoqchi bo‘lsang darrov sani sotadi" - desa, men ularning fikriga qarshi chiqib yaxshi imomlar ham borligini aytsam va ular o‘z gapida turib olib fikrini o‘zgartirmasa meni ulardan hafa bo‘lishim joizmi? Bu ishlari uchun ko‘z yumib yana hech nima bo‘lmagandek gaplashib ketaymi yoki boshqa yo‘li bormi? Bunday insonlarga qanday maslaxat bera olasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hindistonda ahli sunna val jamoa ulamolaridan Ashraf Ali Tahonaviy degan kishi o‘tganlar. Xuddi shuningdek o‘sha davrda Ahmad Rizoxon degan bir olim inson ham o‘tganlar. Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh 20 asrning din ustunlaridan, bir yarimminga yaqin kitob yozgan, mindan ortiq olim, muftiy, Allohga muqarrab bandalarni etishtirib chiqargan ustoz hisoblanadi. U kishining sababidan hozirgi kunga kelib 10 minga yaqin madrasalar qurilgan. Milionlab inson tavba qilib hidoyat topgan. Bitta shogirdining o‘zini 10 miliondan ortiq shogirdlari bor. Qolganlari qanday bo‘lganini shundan andoza qilib tushinib olsangiz bo‘ladi. Ahmad Rizoxon rahmatullohi alayh esa o‘sha davrdagi ahli ilmlardan deb tanilgan kishi bo‘lib, ko‘proq bid’atga berilgan. Shu inson Ashraf Ali Tahonaviy va u kishining ustoz va shogirdlari hamda u kishi bilan bir xil fikrdagilarni kufrga hukm qilgan. Shunday bo‘lsada bir omi kishi Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayhning oldilariga kelib Ahmad Rizoxon rahmatullohi alayh to‘g‘risida gap boshlab : “Ahmad Rizoxon mana bunday dedi” deb Ahmad Rizoxon rahmatullohi alayh ismi yoniga ustoz yoki domla yoki mulla kabi ehtiromga dalolat qiluvchi so‘zni qo‘shmadi. Shunda Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh “Garchi u kishi bizni kofirga hukm qilgan bo‘lsa ham bid’at ishlarga targ‘ib qilgan bo‘lsa ham bu bizni o‘rtamizdagi ishdir. Sen u kishini tahqirlab tilga olishga haqqing yo‘q. Haddingni bil” deb ogohlantirganlar. Xuddi shuningdek biz ham tug‘ilib olim bo‘lib qolgan emasmiz yoki hamma masalani ham o‘zimiz kitobdan o‘qib o‘rgangan emasmiz. Juda ko‘p masalalarni o‘zimiz xohlamasakda o‘sha domlalardan eshitib o‘rganganmiz. Bitta harom va harom kabi dinimizga aloqador masala o‘rgangan bo‘lsak ham zimmamizda ularning ustozlik haqqi bor. Fosiq bo‘ladimi, solih bo‘ladimi ularning ustidan Alloh hukm chiqaradi. Biz haddimizni bilishimiz kerak. Hech bo‘lmasa o‘sha imom domlalar tufayli ota-ona va yaqinlarimizdan o‘tganlari bekafan, bejanoza qolmaganlarini tan olib ularni hurmatini qilaylik. Ularni bizni zimmamizda shunchalik ham haqqi yo‘q deyish bu nonko‘rlik bo‘lsa kerak. Hikmatda “Xuz maa sofaa, va da’maa kadar” ya’ni ularni gaplari va ishlaridan tozasini olginu, kiriga bulg‘anmagin deyilgan. Ular qiyomat kuni bo‘lganda yaxshi va yomon ishlaridan albatta Allohga hisob berishadi. Ularni g‘iybat qilganlar esa g‘iybat qilganlaridan javobgarlikka tortiladilar. Hozirgi til bilan aytganda geni toza insonlar bu kabi birovni go‘shtini eyish, g‘iybat qilish bilan shug‘ullanmaydilar. Hajjojni tarixda eng ko‘p zulm qilganlardan deb zikr qilingan. Shunday bo‘lsada ulamolarimiz uni g‘iybat qilganlarga “Hajjoj zulmiga Allohning huzurida javob beradi, uni g‘iybat qilganlar ham uni g‘iybat qilganligidan javob berishadi” deganlar. Agar majlislarda o‘tirib olib ahli ilmlar haqida qilingan g‘iybatlar, ular haqida qilingan baxs munozaralarga ketgan vaqtcha ularni haqqiga tavfiq so‘rab duo qilinganida edi shak-shubhasiz “musulmonni g‘aybda turgan birodariga qilgan duosi ijobat” degan hadisga muvofiq(agar o‘sha baxslashuvchilar o‘zlarini pok, duosi ijobat inson deb bilsalar) olam gulistonga aylanib ketar edi. Hali ham kech emas. G‘iybat, bahs va munozarani hammaning haqqiga qilinadigan duolarga o‘zgartiraylik. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 10:23 | Savol-javoblar | 180 | Ta’lim va muta’allim