Juma va sunnat namozlariga goh imkon bor goh yo‘q ish

Ushbu savol Urusiya shaharlarida avtobus va mikroavtobus (namozxon) haydovchilari nomidan: ustoz biz taxminan 16 soat ishlaymiz, 2ish /2dam 3ish /1dam grafigida va ba’zan juma ish kuni bo‘ladi, berilgan jadvalga amal qilish qattiq talab qilinadi, shu bois gohida sunnatlarga imkon bo‘ladi-yu ko‘p holatda farzni ham shoshib o‘qiymiz. Ba’zida tibandda uzoq turishga to‘g‘ri keladida, rulda farzni o‘qib olamiz (bu holatdagi namozni dam kuni (ehtiyot shart) qazo o‘qimiz). Shunday ishda bardavom ishlashga ruxsat bormi? Tirbandda o‘qilgan namoz namoz bo‘ladimi? Savolni bitta qilolmadim, kechiring ustoz, iltimos javob bering.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Imkon juda tor paytda farzning o‘zini o‘qib olish kerak. Tirbandda uzoq turganda iloji boricha farzni to‘liq o‘qinglar. Mutlaqo iloji bo‘lmasa, siz aytgandek qilish ham mumkin. Boshqa ishda namozlarni vaqtida va to‘liq o‘qish imkoni bo‘lsa, o‘shanga o‘tish kerak. Ushbu savolni berishning o‘zi sizlarning dinimizga amal qilishga qanchalik katta ahamiyat berishlaringizni ko‘rsatib turibdi. Alloh taolo xayrlaringizni bersin. Bu katta baxt va saodatdir. Haqiqiy mo‘minning ishidir. Namoz ikki dunyoning saodatidir. Namoz o‘qimay topgan daromadning barakasi bo‘lmaydi. Namoz o‘qib topgan pulning barakasi ikki dunyoda ham ko‘p bo‘ladi.

26 May 2022, 20:12 | Savol-javoblar | 172 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar