Nikohim nima bo‘lgan

Assalomu alaykum! Mani turmush qurganimga 6yil bo‘ldi. 2 o‘g‘lim bor, yaqinda erim taloqsan deb 3martda aytdilar. Domla kelib oldin xam bo‘lganmi deganda esimda yo‘q edi yo‘q dedim, lekin keyin esladim yangi kelinligimda javobimni bering desam javobingni berdim deganlar. Orqasidan talog‘imni bering desam bu gapni aytmaiman yomon deganlar. Keyin aytovring desam aytganlar. Unda yosh edim, bilmaganman, anchadan keyin arazlab uyimga ketib qoldim. Kelganimdan keyin nikox o‘qigan, yaxshi deb nikox o‘qib qo‘yishdi. Undan keyin xam yo‘qal ket va qo‘ydim degan so‘zlar ishlatganlar. Domlalar sizga boin taloq tushgan bitta yo‘liz qobti deyishtiyu Lekin ko‘nglimda yo‘lim yo‘qdak bo‘lyabti. Istixora o‘qisam xam tush ko‘rmayabman, Allohga tavakkal qilib yashasam Alloh meni to‘g‘ri yo‘lga boshlagin desam to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga bir necha bor taloq tushgan hisoblanadi. Haqiqiy ilmli insonning oldiga borib masalangizni aniqlatib olinglar. Sizni yozganingizga ko‘ra sizlarga umuman yo‘l qolmagan. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 10:34 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar