Tikuvchilikdagi xizmat haqi

Assalomu alaykum! Tikuvchiman. Mijozlarim ko‘pincha matoni va ko‘ylakka kerak bo‘ladigan bezakli narsalarni bozordan o‘zingiz olib keling biz tanlashni bilmaymiz deyishadi. Vaholanki, yo‘l kira va ancha muncha vaqt sarflayman. Shuning uchun mijozlarimga ketgan vaqtim va yo‘lkiramni qo‘shib aytsam joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘lkirangizni alohida ayting. Vaqt sarflaganingiz haqqini ham aytib olsangiz bo‘ladi. Siz ochiq-oydin ish tuting. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 10:34 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar