Jinsini o‘zgartirgan odam

Assalamu alaykum! Hozir oz bo‘lsada yurtimizda voqe bo‘lib turgan ko‘pchiligimizni o‘ylantirib turgan ba’zi bir muhim o‘ta jiddiy savollarimiz bor edi. Bir tanishimizni yaqin erkak qarindoshi bor edi u hozir ham bor. O‘sha tanishimizni erkak qarindoshi uzoq vaqt uylanmay yurgan pasportida ham erkak deb yozilgan yaqin tanishlarining aytishicha biroz qiliqlari ayollarnikiga o‘xshash bo‘lgan deyishadi. Yoshi taxminan kamida 40 lar atrofida bo‘lmasa undan ham kotta bo‘lishi mumkin. Xullas shu erkak o‘zini erkaklik jinsini sunniy ravishda ayolnikiga aylantirgan bu ish sharan harom, gunohi kabira ekanligini ko‘pchiligimiz juda yaxshi bilamiz. Uni erkaklikdan ayolga aylantirilishi O‘zbekistonda emas qo‘shni chet elda bo‘lgan. Va uni erkaklikdan ayolga sunniy ravishda aylantirilishida 1 ta benamoz tanishi va 1 ta namozxon ibodatli qarindoshi moddiy bo‘lmasa ham boshqa taraflama yordam berishgan. Ya’ni o‘sha harom ishga o‘sha jinsini o‘zgartirgan insondan tashqari yana 2 kishi moddiy bo‘lmasa ham boshqa taraflama ozmi ko‘pmi yordam berishgan. Shundan so‘ng o‘sha jinsini o‘zgartirgan qarindoshiga yordam bergan namozxon tanishimizdan ko‘pchilik o‘rtoqlari, tanishlari voz kechishdi hatto ba’zilari salom ham berishmaydi. O‘sha harom ishga yordam berganlarni har biri shu ishda teppa teng gunohkor bo‘ladilarmi? Shu inson qanday tavba qiladi? U bilan ko‘rishganda salomlashsak gunohkor bo‘lib qolmaymizmi yoki salomlashmasligimiz kerakmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uning ustidan bir nima deb hukm chiqarish to‘g‘ri bo‘lmaydi. o‘zi bilan gaplashib aniqlatib olish kerak. Chunki xunusalar ham bir necha turliga bo‘linadi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 10:34 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar