Yosh bolaning peshobi
Assalomu alaykum! Ustozlar, izlab ko‘rganimda, tahortni buzadigan 12 ta holat orasida ham, buzmaydigan 10 ta holat orasida ham bu savolga javob topa olmadim. Balki noto‘g‘ri qidirgandirman, uzr. Savol quyidagicha: yosh bola tahoratli inson ustiga siyib qo‘ysa, tahorat buziladimi yoki peshob tekkan kiyimni almashtirib, tananing peshob tekkan joyini o‘zini (qo‘l yoki oyoqqa tegsa) yuvib olib namoz o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U bilan tahorat ketmaydi. Peshob tekkan kiyimni almashtirib, tananing peshob tekkan joyini o‘zini (qo‘l yoki oyoqqa tegsa) yuvib olib namoz o‘qisa bo‘ladi. Bola qusib yuborganda ham qusqi najosat hisoblanib, u tekkan kiyim va badanni yuvish vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam.
1 May 2022, 13:46 | Savol-javoblar | 191 | Tahorat