Shafoat Fotima onamiz orqali nozil bo‘lganmi?

Assalomu alaykum! Bir ma’ruzada eshitib qoldim. Unda aytilishicha: Ali roziyallohu anhu Fotima onamizga uylanyotgan vaqtlarida maxrga 400dirxam berganlar va Rosululloh salAllohu alayhi vassalam qizlaridan "shu maxrga rozimisan" deganlarida Fotima onamiz rad javobini beradilar. Shunda Alloh taolo Fotima onamizga Jabroil a.s orqali vaxiy yuborib "Jannatni maxr qilib berdim" deydi. Shunda ham Fotima onamiz rozilik bermaydilar.Rosululloh solAllohu alayhi vassalam: Fotima qizim Alloh taolo senga Jannatni mahr qilib berdi senga yana nima kerak? deganlarida Fotima onamiz: Otajon agar Alloh taolo jamiiki musulmon ummatini shafoatini qiyomatda sizga berishga va’da bersa ana o‘shanda men rozi bo‘laman deganlar. So‘ng Jabroil alayhissalom osmondan bir parcha qog‘oz olib tushganlar. Unda "Alloh taolo Rosululloh salAllohu alayhi vasallamga ummatning shafoatini berdi" degan va’dasi bo‘lgan ekan. Fotima onamiz o‘sha qog‘ozni vafotlarigacha hech kimga bildirmay saqlab kelgan ekanlar. Shunday hadis mavjudmi? Rostan ham ummatning shafoati Fotima onamiz roziyallohu anhu orqali nozil bo‘lganmi? Javobingiz uchun Tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu to‘qima gap. Mahr to‘g‘risidagi gap ham to‘qima. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 156 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar