Shayx Xazratlarining kitoblarini Tojikistonda ham sotish

Assalomu alaykum! Men Tojikiston davlatidan yozyapman. Ustozlar, xoxlardimki, Shayximiz Xazratlarining yozib qoldirilgan jamiyki kitoblarini, Tojikiston poytaxtida xam sotuvga qo‘ysalaringiz va shuni tashkillashtirsalaringiz. Shu kunlarda Tojikiston poytaxtida O‘zbekiston savdo ko‘rgazmasi bo‘ladi. Shu ko‘rgazmada Ustozimiz kitoblarini xam qo‘yilsa degandim. Tojikistonni 50-60% xalqi o‘zbek-turkiy tilda so‘zlashadi. Men juda xam u kishini kitoblariga qiziqyapman. Men Dushanbeda yashayman, Ustoz Shayx Hazratlari rahimahullohning kitoblarini qanday qilib, erishsam bo‘ladi? Yo‘l yo‘rig‘ini o‘rgatinglar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kitoblarni hilolnashr.uz yoki hilal.kg orqali buyurtma berish mumkin. Shuningdek hozirda ko‘pchilik Tojikistonliklar do‘konlarimizdan xaril qilib olib ketyaptilar. Ayniqsa Denovdagi filialimizdan xarid qilib chegaradan bemalol olib ketishyapti. Ko‘rgazma haqida biz habarimiz yo‘q ekan. Inshaalloh unda qatnashishga harakat qilamiz. Bu ko‘rgazmani Expocenter tashkil qilayotgan ekan. Tojikistondagisiga kech qolibmiz joy yo‘q ekan. 28-mart kuni Turkmanistonda bo‘ladiganiga qo‘shib qo‘yishdi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 12:09 | Savol-javoblar | 149 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar