Alimentni vaqtlar o‘tgandan keyin talab qilish
Assalomu alaykum! Xolamizning iltimoslariga binoan savol yo‘llamoqdaman. U kishi erlaridan ajrashkanlar yoshliklarida. Faqat ajrashishni sharti aliment omaslik deb tilxat yozdirib olgan ekanlar sobiq turmush o‘rtoqlari. O‘sha vaqtda vaziyat shu darajada bo‘lgan ekanki u inson bilan bir uyda turishni iloji yo‘qligidan alimentdan voz kechib tilxat yozib berishgayam rozi bo‘lgan ekanlar. Oradan vaqtlar o‘tib 2 farzandlari voyaga etdi. Xozir qizlari oliygohda kontrakt asosida o‘qishga kirgan. Xolamizning yaqinlari alimentni haliyam bo‘lsa talab qilishni maslahat berishgan ekan va bollarni o‘zlari voyaga etkazganliklari uchun endi u undiriladigan aliment puli qonun jihatidan xolamizning mulki hisoblanar ekan. O‘sha pulni xolamiz o‘zlariga ishlatsalar shariat jihatidan monelik yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqtida olmagan bo‘lsa endi so‘rashga haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 175 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqtida olmagan bo‘lsa endi so‘rashga haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 175 | Halol va harom