Tayammum namoz

Assalomu alaykum! Domla men 13 kundan biri ukol olyapman, shuning uchun faqat istinjo qilib keyin tayammum qilib 5 vaqt namozimni o‘qiyapman. Ukolim 7 kundan keyin tugaydi, tugagandan keyin onam aytayaptilarki ukollaring foida qilishi uchun 20-30 kun tayammum qilib namozingni o‘qiysan dedilar. Men onamning gapiga xo‘b dedim. Men ukolim tugagandan keyin yana 20-30 kun tayammum qilib namozimni o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tayammum joiz bo‘lishi uchun poklanishi zarur bo‘lgan a’zolarga suv tekkizsa sog‘lig‘ingizga zarar ekani aniq bo‘lishi lozim. Aks holda qilgan tayammumlaringiz tahoratdan o‘rinbosar bo‘lmay, betahorat holda namoz o‘qib yurgan bo‘lasiz. Darhol o‘z sohasida puxta mutaxassis bo‘lgan diyonatli shifokorga murojaat qilib, suv sizga haqiqatda zarar berish-bermasligini so‘rab oling. Vallohu a’lam!

15 Iyun 2022, 18:30 | Savol-javoblar | 206 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar