Ahli ilmlarga munosabat
Muhtaram USTOZ! Saytda ba‘zi birodarlarni hatini o‘qidim va bu hatni yozishga qaror qildim. Emishki ba‘zi masjidlarda ishlovchilar odamlarni ehsonlarini o‘zlashtirayotgan ekan. Kechirasizlar-u, o‘sha biz musulmonlarnim ozmi-ko‘pmi hizmatimizda bo‘layotgan AHLI ILMLAR holatidan butunlay habardor bo‘lmagan holda bunday gaplarni aytib yurish naqadar achinarli... Men bilgan masjid hodimlari oilasiga etarli mablag‘ topa olmay hammadan QARZ bo‘lib, atigi 40 000 so‘mga 1(bir) oy ishlashlarini bilaman. Masjidni tashlab ketay desa Alloh :jjdan va ilmini zoe bo‘lishidan qo‘rqadi, tashlab ketmasdan biror ish qilay desa kutilmagan paytda JANOZA, MAROSIM, MAVLID va h.k... O‘zlashtiradi deb men bermasam, boshqalar bermasa IMOMlar oilasini qanday tebratsin??? Janozada yoki marosimda necha so‘m berishimiz ayonku!!! Ularni ham bola-chaqasi bor, bolalari O‘QISHI, KIYINISHI, DAVOLANISHI kerak-ku!!! 40 000 so‘m nimaga etadi!!! Allohdan qo‘rqaylik!!! JANOZAda IMOM, O‘lgan ONAsini qabrga qo‘ya olmaganda IMOM, MAROSIMda IMOM kerag-u, OILASINI NAFAQASIDA O‘ZLASHTIRDI-MI??? INSOF bilan aytaylik isrofli TO‘Y uchun millionlarga rozimiz-u bechora IMOM ozroq pul olsa (baribir ichida pushaymon, aslida boyligi bo‘lsa, pul topish MANBAY bo‘lsa bu ishni qilmaydilar, ahir ALLOH :jj KALOMINI o‘qishgan) SAYTga chiqib ULARNI AYBDOR DEB BONG urish kerakmi? Bir IMOM shu ishni qilsa (SAYTda yozishgan masjid IMOMLARI ehsonni eb yuborishar ekan deb) oladigan arzimas pullaridan ham JUDO qilish kerakmi??? Ayblari PUL topishga vaqtlarini biz suistemol qilib o‘zimiz echolmagan dahmazalarimizni ularni ishtirokida echamiz deb etaklab yurib PUL topolmayotganlarimi? Uyalishimiz kerak!!! IMOMlarni 90% nochor ahvolda, ishini tayin yo‘q:Sababi-BIZ!!! BIZNING MUAMMOMIZ!!! Nikohda Falonchi artistga soati uchun faloncha dollar, bechora IMOMga 10 000 so‘m!!! Bu qanaqasi?! SHahsan men AHLI ILM va IMOMLARni juda hurmat qilaman! Ularni haqida saytda salbiy yoritiladigan savollar bilan chiqishdan barchalarimiz hazir bo‘laylik! Alloh :jj Ularni AZIZ KO‘RGANligi uchun ‘ILM bergan!!! AZIZ USTOZ!!! Meni kechiring, agar noo‘rin yozgan bo‘lsam?! SHu kunlarda DIYN ahkomlarini baholi qudrat chin IHLOS ila bizlarga etkazayotgan IMOMLARga ALLOH :jj ROHMATI, SALOMI, BAROKATI bo‘lsin!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Barakalloh! Tashakkur! Sizga Alloh taolo ko‘p mukofotlar bersin!Juma kuni ushbu ma’nodagi savolga javob berib, keyin juma namozga bordim. Namozdan keyin imom domla va masjid xodimlariga mazkur savolning ma’nosini aytdim. Imom va masjid xodimlari tushgan ehsonlarni o‘zlashtirib, hovli qurib, avtoulovlar olishar ekan degan savol keldi, dedim. Shunda mutavalli quyidagilarni aytdi: “Uyi yo‘q, ijarda o‘tirgan imomlarni kim gapiradi!? Avtoulovi yo‘q chiptaga pul so‘rab yurgan imomlarni kim gapiradi?! Bizga berilgan har bir so‘m uchun to‘lov qog‘ozi yozib, bergan odamning qo‘liga tutqazamiz. Agar buni qilmasak, baloga qolamiz. Tushgan pullarni ma’lum qismini diniy idoraga o‘tqazamiz. Masjid atrofidagi yordamga muhtojlarga imkoni boricha yordam beramiz.Avallari imom bilan masjid qavmi orasida shartnomalar tuzilgan. Imom qavmning diniy xizmatini qiladi. Qavm imom va uning oilasini turar joy, oziq ovqat va boshqa ehtiyojlarini ta’mindaydi. Hatto o‘tinni yorib beradi va hokazolar. Hozir esa, bir kunlik xarajatni qoplaydigan mablag‘ni oylik deyilmoqda va imom eb ketdi deb jar solinmoqda.O‘tgan davrlarda xalqimiz o‘zi emay ulamolarga edirgan, o‘zi kiymay ulamolarga kiydirgan, o‘z hayotini xavfga solib ulamolarni himoya qilgan. Bugungi kunga kelib, ba’zi odamlar olimlarni, imomlarni mazammat qilishga o‘tdilar. Ularga nisbatan noloyiq muomala va to‘hmatlar qilishga o‘tdilar. Bu ishda ular nomusulmonlardan o‘rnak olishayotgan bo‘lsalar, ajab emas.Ammo ushbu maktubni yozgan aziz birodarimiz kabi haqiqatni tushunadiganlar ko‘p, alhamdulillahi! Shu bilan birga boshqalarga ham bildirib turishimiz kerak, beodoblarni odobga chaqirib turishimiz kerak.Marhamat qilib, bu borada fikr va mulohazalaringizni ushbu saytga yozishingizni so‘rayman! “Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoe qilmas!”Kamoli ehtirom ila Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
6 May 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar