G‘ayridin xaqqiga duo

Assalom alaykum! Kecha jumada bir yigit domlaga bergan xatida- bir ruscha ism familiyalik odamni nomini tilga olib (Aleksandr Nikolaevich Ivanov- masalan), olamdan utganini, xech kimi yukligini va xakkiga duo kilishni suragan edi. Domla "Millati nima ekan ..." dedilar. Kimdir "tatar..." dedi oradan. "Tatar bo‘lsa o‘qiymiz ..."dedilar domla. (Domla menimcha dinini so‘ramoqchi edilar ...) Keyin qolgan xatlarni o‘qishda davom etdilar va orada "Xa Rusmikan..." deb qo‘ydilar. Shu bilan xamma xatlarni o‘qib, umumiy-jamoa bilan duo qildik, lekin olamdan o‘tgan odamni xaqqiga duo qilinmadi. Savolim : G‘ayridin olamdan o‘tsa xaqqiga duo qilish mumkin emasmi? (Bu savolim imomni aybini topish uchun emas, o‘zim uchun bilmoqchiman).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin emas. Alloh taolo “Tavba” surasida marhamat qiladi:مَا كَانَ لِلنَّبِيِّ وَالَّذِينَ آمَنُواْ أَن يَسْتَغْفِرُواْ لِلْمُشْرِكِينَ وَلَوْ كَانُواْ أُوْلِي قُرْبَى مِن بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُمْ أَصْحَابُ الْجَحِيمِ۝113. Nabiyga va mo‘minlarga mushriklar uchun, agar yaqin qarindoshlari bo‘lsa ham, ular olov sohiblari ekani ayon bo‘lganidan keyin mag‘firat so‘rashlari durust emasdir.
Oyati karimaning nozil bo‘lish sababi haqida Imom Ahmad Ibn Musayyibdan, u esa otasidan quyidagilarni rivoyat qiladilar: «Abu Tolibning vafoti yaqinlashganda, uning oldiga Nabiy sollallohu alayhi vasallam kirdilar. Uning huzurida Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayya ham bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: – Ey amaki, «Laa ilaaha illallohu», desang, Allohning huzurida sen haqingda duo qilaman, – dedilar. Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayyalar esa: – Ey Abu Tolib, Abdulmuttolibning dinidan yuz o‘girasanmi? – dedilar. U bo‘lsa: – Men Abdulmuttolibning dinidaman, – dedi. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: – Agar man qilinmasam, sening uchun istig‘for aytaman, – dedilar. Shunda Alloh taolo «Nabiy va mo‘minlarga mushriklar uchun, agar yaqin qarindoshlari bo‘lsa ham, ular do‘zax sohiblari ekani ayon bo‘lganidan keyin mag‘firat so‘rashlari durust emasdir» oyatini nozil qildi». Demak, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamgaki ruxsat yo‘q ekan, boshqalarga bo‘lmasligi aniq gap. Bu erda iymon va e’tiqod aloqasi hamma aloqalardan ustun turishi yaqqol ko‘rinib turibdi. Mo‘min kishi uchun iymoni hamma narsadan afzal, shuning uchun u avvalo, iymon, din qardoshlari ila aloqa va bog‘lanishlarni yo‘lga qo‘yadi. Qon-qardoshlik aloqasi esa bu joyda hech narsani hal qilmaydi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamga va mo‘minlarga mushriklar uchun istig‘for aytish joiz emasligini bayon qiluvchi bu oyati karimadan keyin o‘z-o‘zidan bir haqli savol paydo bo‘ladi. U «U holda nima uchun Ibrohim alayhissalom o‘zining mushrik otasi uchun istig‘for aytgan?» degan savoldir. Arabiston yarim orolida, xususan, Makkada Ibrohim alayhissalomning qissalari mashhur edi. Chunki qissa aynan shu erlarda bo‘lib o‘tgandi. Makkaliklar o‘zlarining Ibrohim alayhissalom dinidan ekanliklari bilan faxrlanar edilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

4 Sentabr 2022, 11:39 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar