Do‘stimdan sotib olgan telefon ishlamay qoldi
Assalomu alaykum! Javob uchun rahmat, Alloh rozi bo‘lsin. Men do‘stimning telefonini 250 dollarga sotib oldim, pulini bir oydan keyin beraman, deb kelishdik. Do‘stimdan olgan telefonni ikki kun ishlatib, ikkinchi kuni kechqurun zaryadlashga qo‘ydim, ertalab turib qarasam telefon yonmayapti. Ustaga olib borib ko‘rsatdim, usta telefonni ichini ochib “xaaaa bu telefon avval ham ochilgan ekan, mikrosxemalari qizdirilgan ekan” dedi va yaxshilab tekshirish uchun tashlab ketishimni aytdi. Men telefonni tashlab ketmadim. Uchinchi kuni do‘stimga olib borib “telefoningiz shunaqa bo‘lib qoldi, avval ham ichini ochdirgan ekansiz” dedim, “Ha fonarini tuzattirganman” dedi. “Mana telefoningiz” desam “men senga yonib turgan holda berganman, tuzattirib berasan” dedi. “Yaxshi tuzattiring men pulini beraman” deb tashlab ketdim. Do‘stim menga telefonning ichi ochilganini aytmagan, do‘stim avval fonarini tuzatgan ustaga telefoni tashlab qo‘ydi tuzatishga, orada “telefon yondi” dedi do‘stim. Oradan 3 oycha o‘tib, u ustada ehtiyot qismi yo‘q ekan, boshqa ustaga ko‘rsatib ko‘r, dedi. Boshqa ustalarga ko‘rsatsam telefonni plata degan eng qimmat joyi buzilgan ekan. Platasi 1 mln so‘m ekan, do‘stim ham men ham ibodatdamiz, bir masjidga chiqamiz. Endi do‘stim telefonni olganingdan keyin to‘rtinchi kuni qaytarding, deyapti. Ustozlar, shu masalada maslahat bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oldindan aybi bo‘lsa va o‘sha ayb tufayli ishlamay qolgan bo‘lsa, zarar telefonni eski egasiga bo‘ladi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 161 | Islam
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oldindan aybi bo‘lsa va o‘sha ayb tufayli ishlamay qolgan bo‘lsa, zarar telefonni eski egasiga bo‘ladi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 161 | Islam