Tariqat shayxlari

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, tariqat xaqida kitob o‘qib bir xayol o‘ylantirdi. Tariqat shayxi yoki solik bo‘lish uchun xamma ishidan deyarli voz kechish kerakmi? Ya’ni tarki dunyochilik emas. O‘qib, ishlab turib ham tariqatga kirsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz tariqat to‘g‘risida mutlaqo noto‘g‘ri fikrda ekansiz. Tariqat mashoyixlarining hammasi alohida-alohida bir xunar sohibi bo‘lishgan. Siz bilganlaringizdan birortasini aytib bersangiz, biz xunarlari nima bo‘lganini aytib beramiz. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 07:03 | Savol-javoblar | 199 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar