Sayt bulimiga taklif

Xurmatli Shayx xazratlari.Xazrat, «tib.islom.uz» bulimiga agar mumkin bulsa ojizona bir taklif kiritsam, ya’ni «tafakkur kiling» rukni ochilsa va bu erga inson organizmi anatomik tuzilishi, fiziologiyasi xakidagi ajoyib ma’lumotlar berilsa (bunday ma’lumotlar juda kup). Ollox taolo biz bandalarni tafakkur kilishga chakiradi, shunday ekan uz tanamizga va a’zolarimiz faoliyatiga nazar solib tafakkur kilsak albatta Olloxning nechoglik kudrat soxibi ekanligini anglaymiz. Ayniksa bu, islomni endi kabul kilganlar va dinni yaxshirok urganishni boshlaganlar uchun ayni muddaodir, kalbdagi iymonni kuchayishiga sabab buladi desak xato kilmagan bulamiz, inshaollox. Misol uchun yakinda bir ilmiy – ommabop kursatuvlardan birida kuyidagi ma’lumotni eshitib koldim – inson xech kachon xuddi uziga uxshagan boshka insonni uchratmaydi, olimlarning xisoblashicha uxshashlik uchrashining 70 milliarddan 1 ta uchrash extimolligi mavjud ekan. Bu esa kuyidagicha: «Agar uzingizga uxshagan insonni uchratish uchun izlashni boshlasangiz…» deydi boshlovchi, «… shu bugundan boshlang, va anikki siz topolmaysiz, sizning uglingiz xam topolmaydi, nevarangiz xam topolmaydi, chevarangiz xam topolmaydi va balkim er yuk bulib ketar, lekin topolmaysiz…» Uzimcha uylaaab, xa, albatta insonni bunday betakror kilib yaratishga fakatgina Ollox kodirdir deb kuydim. Subxanollox!Xazrat ojizona fikrlarim inobatga olinsa bexad shod bular edik.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Juda yaxshi fikr va taklif. Bu ishni siz o‘zingiz boshlang. Boshqalarni ham chorlang. Sayt bilan bog‘laning. Kimda nima taklif va ma’lumotlar bo‘lsa, tortinmay marhamat qilsinlar. Bu sahifalar barchamizniki.

6 May 2022, 13:41 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar