Ko‘rsatilgan xizmatdan zakot 2
Assalomu alaykum! Firmani ikki kishi sherikchilikda ochgan. Firma transport ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatilgan. Bu xizmatda quyidagicha: Bir korxona Rossiya yoki Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l orqali tovar olib kelsa Qozog‘istondan tranzit o‘tganligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha pul to‘lashi lozim. Bizning firma Qozog‘istondagi rasmiyatchiliklarni bajarib, tariflarni to‘lab beradi. Masalan, Qozog‘istondagi tarif 1000 dollar bo‘lsa, biz tarif puliga xizmatimiz xaqini qo‘shib, tovar import qiluvchi korxonadan 1050 dollar olamiz. 1000 dollar Qozog‘istonga ketadi. 50 dollar bizga foyda sifatida qoladi. Ushbu xolatda zakot qaysi mablag‘dan chiqariladi: 1050 dollardanmi yoki 50 dollardanmi? Javobingiz uchun oldin Rahmat. Alloh ishingizga rivoj bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! O‘sha 50lar to‘planib nisobga etsa yoki oldindan bor nisobga qo‘shilsa 50dan beriladi. U 50ni nima uchun olishinglarni o‘zinglar bilasizlar. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 13:52 | Savol-javoblar | 137 | Zakot