Fotihani buzish
Assalomu alaykum! Ustozlar, Men bir qizga uylanmoqchi edim, afsuski u qiz fotiha qilingan ekan. Ota-onasi "fotihani buzib bo‘lmaydi" deb rozi bo‘lishmayapti. Haqqatdan fotihani buzib bo‘lmaydimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri fotihani buzib bo‘lmaydi. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: لَا يَخْطُبُ الرَّجُلُ عَلَى خِطْبَةِ أَخِيهِ حَتَّى يَتْرُكَ الْخَاطِبُ قَبْلَهُ أَوْ يَأْذَنَ لَهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kishi o‘z birodarining sovchiligi ustiga, undan oldingi sovchi tark qilmaguncha yoki unga izn bermaguncha, sovchi qo‘ymas», dedilar». Beshovlari rivoyat qilganlar. Alloh oliy va bilguvchiroqdir. Sharh: Birov sovchi qo‘yib turgan joyga uning ustidan sovchi qo‘yish haromdir. Faqat birinchi sovchi qo‘ygan odam kelisha olmay, sovchilikni tark qilganidan so‘ng yoki uning o‘zidan izn olgandan so‘nggina sovchi qo‘yish mumkin. Chunki birovning sovchiligi ustiga sovchilik qilish birinchi sovchining haqqiga tajovuz qilishdir. Bu ish tufayli kishilar o‘rtasida nizo, xusumat, adovat va urush-janjallar chiqadi. Shu bilan birga, birdaniga bir necha kishi sovchi qo‘ygan, ish pishmay turgan bo‘lishi mumkin. Ulardan hech biri bilan jiddiy muomala qilinmay, ikkilanish va maslahat holati bo‘lishi mumkin. Masalan, imom Muslim keltirgan rivoyatda Fotima bintu Qays roziyallohu anhoga birdaniga uch kishi: Abu Jahm ibn Xuzoma, Muoviya va Usoma ibn Zayd roziyallohu anhum sovchi qo‘yganlar. U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan maslahat so‘raganlarida «Abu Jahm asosini elkasidan tushirmaydi, Muoviya kambag‘al, moli yo‘q, Usoma ibn Zaydga tekkin», deganlar.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:20 | Savol-javoblar | 184 | Oila va turmush