Maxr zakoti

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im to‘yimiz kuni, nikoh o‘qilayotganida, mahrga “ikkita ayvoni bor, ikki xonalik uy berdim” deb yuborgan, u uy qaynotalarimni nomida. Hozirda turmush o‘rtog‘im ilmlari oshib, mahr nima ekanligini tushundilar va menga “mahrga senga uy olib beraman, u faqat seniki meni haqqim bo‘lmaydi” deb, shu ro‘za kunlari olib bermoqchi bo‘lib niyat qildilar. Zakot nisobiga etib turibdi pullari, menga olib beraman degan uyni pulidan zakot beradilarmi? U niyat qilib bo‘lganidan keyin meni ulushim hisoblanadimi? Lekin hali olishga ulgurmadik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zakot beradi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 13:52 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar