To‘y puli

Assalomu alaykum! Biz do‘stlarimiz bilan bir do‘stimizning to‘yiga kim qurbi etgancha go‘sht puli bermoqchimiz va mashina puli. Hamma qaytib kelish niyati bilan emas, hadya sifatida yig‘ib bermoqchimiz. Sizlarning saytingizda “dollarda qaytarish kerak” deb yozgan ekansizlar. Shunga qaysi yo‘lni tutaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hadya sifatida bo‘lsa va keyin minnat qilmasalaringiz buni farqi yo‘q. Hadya qilgan pullarni halol yo‘lga sarflanishini ham e’tiborga olinglar. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 13:52 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar