Jonivorlarning insoniy azoblari

Assalomu alaykum! Bu dunyoni Alloh insonlar uchun yaratibdi va sinovga tortib oxiratda qayta tiriltirarkan. Lekin xayvonlar bu dunyodan so‘ng tuproqqa aylanib ketisharkan va ularga qayta tirilish yo‘q ekan. Xayotda xar xil azob uqubad ko‘rgan insonga “gunoxlarizni kafforoti, narigi dunyoda mushkuliz oson bo‘ladi” deymiz. Lekin xayvonot olamida o‘z farzandini yo‘qotgan, onalik instinkti bilan azoblanayotgan jonivorni uchratamiz. Ko‘zidan yosh oqib ovozini chiqarib farzandini o‘limiga kuygan, azoblangan ona-jonivorga bu azob nima uchun beriladi? Ularga kafforot yo‘q, keyingi xayot ham yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shoxli hayvondan shoxsiz hayvonning o‘chini olib beradigan Zot siz aytgan holatda ham albatta adolatli ish tutadi. Garchi nima qanday tutishini biz bilmasak ham. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 13:52 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar