Erimni norozi qilgan bulamanmi?

Assalomu aleykum shayx xazratlari bir tanishimning iltimosiga kora savol jonatyapman" Erim bilan tortishib urushib qoldik va u menga ( Bor xolangnikiga bulsayam ket yoqol) deb aytdi chunki qizlik uyimda ota onam va akalarim hammaligi boshqa shaxarga ketishgandi. va u buni bilardi. Men shu gapidan keyin narsalarimni va bolamni olib chiqib ketdim va xolamnikiga bordim. Er bilan urushib qolganda boshqa honaga chiqsin deyilgan Ammo uydan chiqib ketmasin deyilgan xadisda, buni bilaman, ammo oramozda shunchaki tortishmovchilik emas katta janjal bulgan edi. ( Orada qaynona qaynisingillarim ham men bilan urushishgandi) shu sababli u honadondan hamma mangaa qarshi. hiqqani u hun men ham chiqib ketishga majbur buldim. Lekin baribir Allohdan qorqaman. nima bulsayam man uydan chiqib ketdimku erimni norozi qilgan bulamanmi, ahir uni ozi menga bor ket deb aytdiku. Ket demasa ketmas edim. Buni gunohi meni boynimda buladimi? yoki uni ozidan bu gap chiqqani uchun men gunohdan soqitmanmi?Javobingiz uchun raxmat!"
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz majburiy ravishda chiqqan bo‘lsangiz, mazkur gunohdan xoli bo‘lasiz, inshaalloh.

1 May 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar