Qazo namozni avval o‘qish

Assalomu alaykum! Bir do‘stim bilan qazo namozlari to‘g‘risida tortishib qoldik. U qazo namozlarni barchasini xufton namozidan avval o‘qish kerak dedi. Men esa oldin qazoni o‘qib keyingi namozni o‘qish kerak dedim. Ya’ni asr namozini qazosini o‘qimay turib shomni o‘qish lozim emas dedim. Qay birimizni fikrimiz to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! "Kifoya" kitobida quyidagicha kelgan. Illo, vaqt tor bo‘lib qolsa yoki unutsa, yoxud oltitadan ziyoda bo‘lsa, bundan mustasno. Tartibga rioya qilish uch sabab ila soqit bo‘ladi: 1. Vaqtli namozning o‘tib ketish xavfi. 2. Qazolarning oltidan ko‘p bo‘lishi. 3. Ado paytida qazoni unutib qo‘yish. Agar qazo namozlar adadini bilib bo‘lmaydigan darajada ko‘p bo‘lib ketsa, zimmasidagini ado qilganiga ko‘ngli to‘lguncha qazoni o‘qiydi. O‘ziga oson bo‘lishi uchun avvalgi o‘qimagan namozini va oxirgi o‘qimagan namozini tayin qilib olib, o‘shanga qarab o‘qiyveradi. Boshqa namozlar qatori, qazo namozini ham quyosh chiqayotganida, qiyomda turganida va botayotganida o‘qib bo‘lmaydi. Ammo bomdod va asrdan keyin nafl o‘qish mumkin bo‘lmasa ham, qazo o‘qish mumkin. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 12:09 | Savol-javoblar | 173 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar