Sajdada oyoqlarni yig‘ish

Assalomu alaykum! 1). Sajdada oyoqlarning orasini ochmasdan bir biriga tekkizib sajda qilish kerakmi?
2). Bir domlaning ma’ruzasida “Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam ikki sajdaning orasida juda uzoq o‘tirardilar va bunda o‘qiladigan duolari bor” deb aytdi. Agar duolari bo‘lsa iltimos yozib yuboringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Biror mazhab ulamolari sajdada tovonlarini bir-biriga tekazib turishni mustahab demagan. 2). Farz namozlarida emas, balki nafl namozlarida bunga ijozat bor. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رضي الله عنه قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صلي الله عليه وسلم يَقُولُ بَيْنَ السَّجْدَتَيْنِ: اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي وَارْحَمْنِي وَعَافِنِي وَاهْدِنِي وَارْزُقْنِي. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّIbn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki sajda orasida «Allohummag‘firli, varhamni va a’fini vahdini varzuqni», der edilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.Sharh: Duoning ma’nosi: «Allohim, meni mag‘firat qil, rahm qil, ofiyat ber, hidoyat qil va rizqlantir».(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:26 | Savol-javoblar | 136 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar