Sherikchilikda foyda qiymati

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir do‘stimni biznesiga 3000$ pul tikkanman, albatta sherikchilik asosida. Kelishuv bunday bo‘lgan: man bergan pulimni 5/1 qism foydasiga sherikman, yani mani bergan 3000$ pulimdan bir oyda qancha foyda qolsa, shundan sof foydani 5/1 qismi maniki. Biz o‘zaro tilxat yozib, kelishuvni imzoladik. Shu bilan ish boshlanib ketdi. Birinchi oy foydadan 135000 so‘m, ikkinchi oy esa ish rivolanib 50$ foyda pulimni berdi. Uchinchi oy esa do‘stim aytdi: Og‘ayni biz boshlagan ish gunoh ekan, ribo aralashvotgan ekan, mani kechir pulini qaytarib beraman dedi. Buni qattan aniqladin dib so‘rasam qozida (sudyadan) dib etdi. Qozi etibdi: kontitutsiyada ham bu ish mumkin emas, barch qonunlar Qur’on asosida ishlab chiqilgan, bu ishilar mumkin emas dib etibdi. Endi bir qancha savol tug‘iladi bu boshlagan sherikchilik ishimiz halolmi? Qozining aytgan gaplari asoslimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda muzoraba degan ish yuritish turi bor. Uning uchun bir tomon ish yuritadi yana bir tomon pul tikadi. Foydani qismga ko‘ra xuddi siz aytgandek 5/1 kabi qilib bo‘linadi. Ayni shunchaligi shariatga mos, bundan boshqa joyi bo‘lsa so‘rang. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar