Qalb kasali

Assalomu alaykum! Ustozlar, “qalbida zarracha  kibr bor inson jannatga kirmaydi” degan hadis bor deb eshitganman.  Ammo menda shunday savol tug‘ilyapti. Masalan  men bir kambag‘al kishi bilan uchrashib qoldim, men unga nisbatan yaxshi muomala qilib hurmatini o‘z joyiga qo‘ydim. Lekin insonni qalbini tub-tubida qandaydir  kibrga o‘xshash narsa bor. Ammo men buni xohlamayapman, qalbimdagi o‘sha tushunarsiz tuyg‘uni kibr deb o‘ylab qolaman. Bundan qutulishga harakat qilyapman, “zarracha kibri bor inson jannatga kirmaydi”ni eslasam yuragimdagi qurquv yanada kuchaya boshlaydi. Agar men shu holatda vafot etsam qiyomatda Allohni nazdida qanday javob beraman? Men  bu kasallikni yo‘qotishga harakat qilganim hujjat bo‘loladimi? Uylaymanki  savolimni tushuntira oldim. Ha aytgancha qalb kasaliga davo yo‘li bo‘lsa aytsangizlar. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh  sizu bizni gunohlarimizni mag‘firat qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu haqida Ustozimiz rahimahullohning "Ruhiy tarbiya" kitoblarini 1-juzi 381-dan 393-betigacha batafsil yozilgan. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 163 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar