Ro‘zaning savobi
Assalomu alaykum! Alloh dedi. "Odam bolasini ro‘zadan tashqari barcha amallari o‘zi uchun batahqiq u (ro‘za) Men uchun uning mukofotini Men beraman... " (Buxoriy rivoyati) Ushbu hadisda, Alloh ro‘zani mukofotini o‘zim beraman dedi, boshqa amallarni mukofotinichi Alloh bermaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bir odamni ishlatish uchun ijaraga oladigan odam avvaldan kelishib oladi. Boyligini cheki yo‘q inson esa “sen ishni zo‘r bajarsang bo‘ldi, seni o‘zim rozi qilaman” deydi. Allohning nazdida ham ro‘za naqadar ulug‘ ibodat ekanligi va ro‘zadorlardan juda xursand bo‘lishini ta’kidlab “Uni savobini O‘zim beraman, Men buyurgandek tutishsang bo‘ldi” degan. Barcha ibodatlarning savobini ham gunohlarni jazosini ham Alloh taoloning O‘zi beradi. Gap ro‘zaning muhimligida. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 171 | Hadislar