Dori savdosidagi to‘lov

Assalomu alaykum! Ustozlar, men dorixonada ishlayman. Xozirgi kunda dori tarqatadigon firmala ko‘payib ketgan, ularni ko‘pchiligi foiz qo‘ygan. Misol uchun agar 1 milion naqd berib dori olsangiz dorilarini narxi (misol tsitromon)300 so‘m, Agarda 25% pulini to‘lasangiz (tsitromon)320 ga aylanadi, qolgan 75% bo‘lib to‘laysiz. Agarda perechesleniyaga olsangiz (tsitromon) 350 so‘m bo‘ladi. Shu dorilardan oladigon bo‘lsam riboga aralashgan bo‘lamanmi. Shu gapni firmadagi bollarga aytsam yo‘q u bizni mexnatimiz, biz xarakat kilganimiz uchun pul topamiz, u xalol deydi. Shuni halol bo‘lishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Uchta narxni aytsa va o‘sha o‘rinda bittasiga kelishsangiz zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 16:03 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar